Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashida  fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati

0
208
marta koʻrilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi Toshkent shahar hokimligining kichik majlislar zalida oʻtkazildi.

Maʼlumki, mamlakatimizning ertangi kuni yoshlarimiz qoʻlida, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilib, huquqiy tomondan asoslangan normativ hujjatlar qabul qilinmoqda.

Aytib oʻtish joiz, karantin holatiga qaramasdan yoshlarimizni vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan ham ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali  onlayn tizimda turli chiqishlar, mahorat darslari va taniqli soha vakillari ishtirokida masofaviy muloqotlar oʻtkazilmoqda. Bularni barchasidan koʻzlangan maqsad yoshlarimizni bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birgalikda maʼnaviy dunyosini boyitishga qaratilgan.

Kuni kecha, Xalq deputatlari Toshkent shaxar Kengashi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi Toshkent shahar filiali maʼsullarining xisoboti eshitildi. 

Raqamlarga eʼtiborimizni qaratadigan boʻlsak, jamgʻarmaning Toshkent shahar filiallari tomonidan 2020 yilning birinchi choragi davomida “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturini mazmun mohiyatiga bagʻishlangan 661ta targʻibot tadbirlari va oʻquvlari oʻtkazilgan boʻlib, ulardan 182tasi taʼlim muassasalari va 116tasi mahalla fuqarolar yigʻinlari guzarlariga toʻgʻri keladi. Ular doirasida 12 216 yoshlar qamrab olingan. Shunisi quvonarliki, Dastur doirasida yoshlarimiz oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga 38ta biznes-sayohatlari ham tashkil etilgan.

Xisobot jarayonida “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi Toshkent shahar filiali koordinatori S.Raximov tomonidan bugungi kunda uchrayotgan muammolar toʻgʻrisida ham toʻxtalib, ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini xam bildirib oʻtdi.

Komissiya aʼzolari tomonidan Jamgʻarmaga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish va birgalikda belgilangan vazifalarni joylarda ijrosini taʼminlashda deputatlik guruhlarining ishtirok etib borishi boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Hayotxon QOʻChQOROVA,  Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi kotibi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.