Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sakson uchinchi sessiyasi faoliyati

0
137
marta koʻrilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Jamoat fondining 2022 yil davomidagi faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sakson uchinchi sessiyasida xisobot  berdi.

Kuni kecha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sakson uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida oʻndan ortiq masalalar kurib chiqildi. Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining 2022 yil davomidagi faoliyati yuzasidan Ijtimoiy sheriklik komissiyasi raisi V.Alimova xisoboti tinglandi.

Aytib oʻtish joiz, Komissiya va Fond 2022 yil davomida oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PFQ-6181-sonli Farmoni va “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5012-sonli Qarorlari asosida olib bordi.

Oʻtgan vaqt mobaynida 4ta davlat grantlari eʼlon qilingan, ulardan “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi”, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarning faol ishtirokini taʼminlash”, Jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oʻsib kelayotgan avlodni maʼnan yetuk, jismonan baquvvat hamda sogʻlom qilib tarbiyalashda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi “ va “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini, tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirish”.

Shu bilan birga, umumiy eʼlon qilingan mavzular 43 tani tashkil etgan boʻlib, barcha tanlovlar Toshkent shahar hokimligi saytida va OAVda keng yoritilgani,  jami 66 ta loyihalar kelib tushgan, ulardan  23 ta loyiha Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha Jamoat komissiyasi tomonidan gʻolib deb topilgan va moliyalashtirish jarayoni amalga oshirilganligi taʼkidlab oʻtildi. Ajratilgan mablagʻlarni manzilli yoʻnaltirilayotganligini tahlilini olib borish maqsadida har bir grant sohiblari uchun TG kanali ochilgan boʻlib, mazkur kanalda NNTlar tomonidan tadbirlar xaqida maʼlumotlar joylashtirilib borilgan.

Xisobotning ikkinchi yarmida V.Alimova 2023 yildan boshlab  fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida davlat subsidiyalari va mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlar xususida toʻxtalib, joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida xam axborot berib oʻtdi.

Hayotxon QOʻChQAROVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.