Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – mamlakat kelajagi!

0
158
marta koʻrilgan.

Yaqin-yaqingacha nodavlat tashkilotlar turli byurokratik toʻsiqlarga uchrardi. Tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat olish murakkab boʻlib, loyihalarni moliyalashtirish past darajada edi.

Soʻnggi yillarda vaziyat keskin oʻzgardi. Yangi Oʻzbekistonda  nodavlat tashkilotlar faoliyatini amalga oshirish jarayonlari soddalashtirildi. Nodavlat tashkilotlar, tom maʼnoda, odamlarga koʻmakchi boʻlmoqda.

Toʻgʻri, bizda hali yechimini kutayotgan muammolar bor. Ularni hal qilish uchun mustahkam huquqiy asos zarur edi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada nodavlat notijorat tashkilotlarining maqomi birinchi marta alohida eʼtirof etilmoqda. Men buni qoʻllab-quvvatlayman! Bular kelajakda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi, deb oʻylayman. Shu sababli referendumga befarq emasman, unda oʻzimning, xalqimning va farzandlarimning kelajagini koʻraman. Barchani referendumda faol qatnashishga chaqiraman

Kamoliddin Ishanxodjayev, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.