Mamlakatimizda yaratilgan koʻplab asori antiqalar, qadimiy kitoblar, qoʻlyozmalar turli sabablarga koʻra dunyo boʻylab tarqalib ketgan.
Jumladan, dunyo boʻylab tarqalib ketgan 114ga yaqin Qurʼoni karimning qadimiy qoʻlyozma kitoblari buyuk allomalar, mutafakkirlar va tarixiy shaxslarga tegishli ekanligi olimlar tomonidan aytilmoqda. Ular qatorida Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Amir Olimxon kabi tarixiy shaxslar foydalangan manuskriptlar mavjud.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Avvalroq jamiyat Oʻzbekistonga Kattalangar Qurʼon tarixiy kitobini qaytargan edi.
15-18 dekabr kunlari Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniy merosi anʼanaviy haftaligida ham bu haqida gapirildi. Maʼlumotlar kongress tashkilotchilari tomonidan tasdiqlandi.
gujum. uz