Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Sportni sev sport bilan yasha!” shiori ostida sportning yunon-rum kurashi turidan 2009-2011 yilda tugʻilgan oʻsmirlar va undan kichik yoshdagi bolalar oʻrtasida Respublika Oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabining ochiq chempionati oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 03.10.2020 yilgi 6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbik etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taminlash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida yunon-rum kurashi sporti turini ommalashtirish va yosh sportchilarning mahoratini oshirish maqsadida musobaqa 2022 yil 15 yanvar kuni poytaxtning Mirobod tumani “Lokomativ” markaziy sport majmuasi kurash zalida boʻlib oʻtdi.
Musobaqa Toshkent shahri boʻyicha bulib oʻtdi va unda poytaxtimizning turli sport klublari qatnashishdi.
Musobaqa UWWning amaldagi qoidalariga muvofiq va 15 vazn toifasidagi yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazildi. Har bir vazn toifadagi gʻolib va sovrindorlar I,II va III darajali medal va diplom bilan taqdirlandilar. Har bir tashkilotdan 15 nafar ishtirokchi va 1 nafar hakam va trener-oʻqituvchi ishtirok etdi.
Sport tadbiri Covid-19 pandemiyasi qoida va talablariga mos ravishda tashkil etildi.
Javlon SAʼDULLAYEV