15 – may Xalqaro oila kuni

0
3144
marta koʻrilgan.

Oila jamiyatimizning boshlangʻich bugʻuni, elimizning goʻzal urf-odatlari va  qadriyatlarini oʻzida asravchi muqaddas moʻjaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga koʻchadi, jamiyatga kirib boradi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi  qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarni Xonka tumanida amalga oshirish boʻyicha “YOʻL XARITASI” yaratilgan boʻlib, uning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman aholisi oʻrtasida qator muhim tadbirlarni amalga oshirishga, oilalar bilan yanada yaqin muloqot qilishiga muvaffaq boʻldik.

Tuman maxallalarida  Manaviyat  va  marifat  markazi,  Adliya boʻlimlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi kengashlari bilan xamkorlikda ijtimoiy, manaviy-marifiy  muhitni yanada  sogʻlomlashtirish  maqsadida ”Maqsad, burch  va  masʼuliyat”, “Yuksak  huquqiy  ong  va  madaniyat”, “Kitob  va  kitobxonlik  inson manaviyati  koʻzgusi”, “Farzand  tarbiyasida  ota-onaning  oʻrni  va  masʼuliyati”, “Oilada shaxsiy kutubxona tashkil qilish” mavzularida  targʻibot  tadbirlari  oʻtkazildi.

Tumandagi xizmat koʻrsatish kasb-hunar   kolleji  binosida yoshlar  ittifoqi  kengashi yetakchilari  bilan   ”Maqsad, burch  va  masʼuliyat”, “Yuksak  huquqiy  ong  va  madaniyat”  mavzularidagi tadbirlar yosh yigʻit-qizlarning faol ishtirokida boʻlib oʻtdi. Tajribali mutaxassislar va psixologlarning qiziqarli mavzuidagi chiqishlari yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Oilaning muqaddasligi, farzand va ota-onalar burchi, jamiyat taraqqiyotini belgilashda oila mustahkamligining ahamiyati, milliy qadriyatlar va urf-odatlar mavzulari atrofida oʻzaro savol-javoblar qizgʻin davom etidi.

 “Barkamollik” mahallasida joylashgan  40-son umumtaʼlim maktabida, 48-son ixtixoslashgan maxsus internetda boʻlib oʻtgan  “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi ota-onalar hamkorligida oʻtkazilib, sobiq oʻquvchilar tomonidan taʼlim dargohlariga ikki yuzdan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Shuningdek  tumandagi 27-sonli  umumiy  oʻrta  talim  maktabida  “Xalqaro bolalar  kitobi”  kuni munosabati  bilan    oʻtkazilgan tadbir,  “Gulguncha” mahallasi “Madaniyat” uyi  binosida  xotin-qizlar  bilan  ishlash  va  maʼnaviy-ahloqiy  qadriyatlarni  mustahkamlash  boʻyicha  mahalla mutaxassislari,  mahalla  faollari  bilan tashkil qilingan yigʻilish  “Farzand  tarbiyasida  ota-onaning  oʻrni  va  masʼuliyati” mavzusi doirasida juda qiziqarli va savol-javoblarga boy boʻldi. Aholi, xususan yoshlar bilan yanada yaqin muloqotlarni yoʻlga qoʻyish davomida oilalarning mustahkamligi, ona-onalar, farzandlar burchi mavzularidagi suhbatlar, mutaxassislarning maʼruzalari katta qiziqishlar bilan kutib olinmoqda.

    Jamila Kurbanova,

“Oila” ilmiy amaliy markazi Xonqa tuman 

    boʻlimi  rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.