Oila jamiyatimizning boshlangʻich bugʻuni, elimizning goʻzal urf-odatlari va qadriyatlarini oʻzida asravchi muqaddas moʻjaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga koʻchadi, jamiyatga kirib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarni Xonka tumanida amalga oshirish boʻyicha “YOʻL XARITASI” yaratilgan boʻlib, uning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman aholisi oʻrtasida qator muhim tadbirlarni amalga oshirishga, oilalar bilan yanada yaqin muloqot qilishiga muvaffaq boʻldik.
Tuman maxallalarida Manaviyat va marifat markazi, Adliya boʻlimlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi kengashlari bilan xamkorlikda ijtimoiy, manaviy-marifiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida ”Maqsad, burch va masʼuliyat”, “Yuksak huquqiy ong va madaniyat”, “Kitob va kitobxonlik inson manaviyati koʻzgusi”, “Farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrni va masʼuliyati”, “Oilada shaxsiy kutubxona tashkil qilish” mavzularida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tumandagi xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji binosida yoshlar ittifoqi kengashi yetakchilari bilan ”Maqsad, burch va masʼuliyat”, “Yuksak huquqiy ong va madaniyat” mavzularidagi tadbirlar yosh yigʻit-qizlarning faol ishtirokida boʻlib oʻtdi. Tajribali mutaxassislar va psixologlarning qiziqarli mavzuidagi chiqishlari yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Oilaning muqaddasligi, farzand va ota-onalar burchi, jamiyat taraqqiyotini belgilashda oila mustahkamligining ahamiyati, milliy qadriyatlar va urf-odatlar mavzulari atrofida oʻzaro savol-javoblar qizgʻin davom etidi.
“Barkamollik” mahallasida joylashgan 40-son umumtaʼlim maktabida, 48-son ixtixoslashgan maxsus internetda boʻlib oʻtgan “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi ota-onalar hamkorligida oʻtkazilib, sobiq oʻquvchilar tomonidan taʼlim dargohlariga ikki yuzdan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.
Shuningdek tumandagi 27-sonli umumiy oʻrta talim maktabida “Xalqaro bolalar kitobi” kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir, “Gulguncha” mahallasi “Madaniyat” uyi binosida xotin-qizlar bilan ishlash va maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mahalla mutaxassislari, mahalla faollari bilan tashkil qilingan yigʻilish “Farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrni va masʼuliyati” mavzusi doirasida juda qiziqarli va savol-javoblarga boy boʻldi. Aholi, xususan yoshlar bilan yanada yaqin muloqotlarni yoʻlga qoʻyish davomida oilalarning mustahkamligi, ona-onalar, farzandlar burchi mavzularidagi suhbatlar, mutaxassislarning maʼruzalari katta qiziqishlar bilan kutib olinmoqda.
Jamila Kurbanova,
“Oila” ilmiy amaliy markazi Xonqa tuman
boʻlimi rahbari