Olga Zabelinskaya Sloveniyadagi musobaqada kumush medalga sazovor boʻldi

0
148
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda Sloveniyaning Lyublyana shahri velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “Ljubljana – Domžale – Ljubljana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan ahamiyatli.

Musobaqa dasturidagi shaxsiy vaqt sinovi yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan poygada hamyurtimiz Olga Zabelinskaya kumush medalni qoʻlga kiritdi. Zabelinskaya belgilangan 21.2 kilometr masofani bosib oʻtish uchun roppa-rosa 27 daqiqa sarfladi.

Bu muvaffaqiyatdan keyin hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi reytingi uchun oʻz hisobiga 100 ochkoni qoʻshib qoʻymoqda. Eslatib oʻtamiz, Olga Zabelinskaya Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining guruh poygasida gʻalaba qozonib, ushbu yoʻnalish boʻyicha Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.