18 may – “Xalqaro muzeylar kuni”  mamlakatimizda keng nishonlanmoqda

0
1382
marta koʻrilgan.

Muzeylar ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina boʻlib, ajdodlar va avlodlar oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaradi. Shu bilan birga muzeylar mamlakatning madaniy qiyofasini kashf etishda hamda xalqimizning  oʻzligini namoyon qilishda katta ahamiyatga ega.

Oʻz navbatida muzeylar ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy merosimizni asrab avaylash, kelajak avlodlarga yetkazish hamda mehr- oqibat tuygʻularini kuchaytirish, mardlik, halollik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan nomoddiy madaniy merosga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi

18 may – “Xalqaro muzeylar kuni”  mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Respublikamizning barcha muzeylarida ochiq eshiklar kuni oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Davlat tabiat muzeyida oʻtkazilgan ochiq eshiklar kunida Olmazor tumani madaniyat markazi bilan hamkorlikda markazning badiiy jamoasi konsertlari tashkil etildi.

Shuningdek, jahonning eng yaxshi badiiy toʻplamlaridan biri I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat  sanʼat muzeyi toʻplamidagi noyob asarlar poytaxtdagi  Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida  namoyish etilmoqda.

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida esa  Amet Shamuratov va Ayimxon Shamuratovalar uy muzeyining 20 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Mazkur muzeyda ham yozuvchi, shoir, dramaturg va tarjimon Amet Shamuratov va uning turmush oʻrtogʻi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Ayimxon Shamuratovalarga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.

 Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida bayram munosabati bilan muzeyning barcha boʻlimlari tomoshabinlarni qabul qildi. Ochiq eshiklar kunida erta tongdan musiqa sadolari yangradi va muzeyga  tashrif buyuruvchilar bilan gavjum boʻldi. Barcha mehmonlar soʻngi yillarda madaniyat, xususan, muzeylar sohasida olib borilayotgan tub islohotlar bilan tanishdilar.

Bayramona kayfiyat mamlakatimizdagi  barcha muzeylarda  davom etmoqda.

Mavluda  ASQARXOʻJAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.