Velotrek boʻyicha Osiyo chempionati gʻoliblari

0
134
marta koʻrilgan.

 Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida 17-21 oktyabr kunlari velotrek boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari ham munosib ishtirok etishdi.

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yaxshi natijani qayd etib yana bir bor oʻz hisobiga Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻshib qoʻygan boʻlsa, ayni shu yoʻnalishda oʻsmirlar oʻrtasida Behzodbek Rahimboyev bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa mazkur qitʼa birinchiligi delegatsiyamiz uchun  oltin va  bronza medallari bilan yakun topdi. Bugun Toshkent xalqaro aeroportida musobaqada qatnashgan vakillarimizni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi mutasaddilari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.