2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar

0
340
marta koʻrilgan.

“Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori doirasidagi “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusidagi targʻibot tadbirlari Xorazm viloyatida davom etmoqda.

Xususan, Hazorasp tumani hokimligining majlislar zalida, Urganch tuman 2-son kasb-hunar maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori doirasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Targʻibot tadbirlarida Hazorasp tuman hokimi Oʻktam Masharipov, Urganch tuman DSB boshligʻi S.Djabbarov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti gumanitar fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, guruh rahbari Abror Sanaqulov, Urganch davlat universiteti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori, Abidjon Xudayberganov, Urganch davlat universiteti dotsenti Umid Matyaqubov, Urganch davlat universiteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti Nodira Nurullayeva, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori Jamshid Davletov, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Jamila Ermetova  ishtirok etib, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning Murojaatnomada, Oʻzbekiston yoshlari forumida soʻzlagan maʼruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.

Shundan soʻng Prezidentimizning «Yoshlar forumi»da soʻzlagan nutqi va Prezidentimizning Murojaatnomada bergan takliflari yuzasidan videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, Xonqa tumanida tuman hokimi M.Davlatov tashabbusi bilan “Moshtoʻgʻay” mahallasida joylashgan 34-son maktabgacha taʼlim tashkilotiga “Xonka don maxsulotlari” AJ tomonidan homiylik asosida yangi transformator oʻrnatib berildi. Endilikda ushbu maktabgacha taʼtim tashkilotiga yana 120 nafar tarbiyalanuvchi kamrab olinadi.

Xorazm viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.