24 oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar kuni

0
99
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlar boʻlib oʻtadi.

Ayni kunlarda jarayonlar qizgʻin davom etmoqda. Hafta davomida 5 ta partiya ham oʻz  plenumlarida prezidentlikka boʻlajak nomzodlarini tavsiya qildi.

Ular – Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev; Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Narzullo Oblomuradov;  «Adolat» Sotsial demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov; Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qadirov; Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Varisova.

 Qonunchilikka koʻra, saylovga 65 kun qolganida (20 avgustda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish boshlanadi. Saylovga 45 kun qolganida (9 sentyabrda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish tugaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.