Yoshlar kuni munosabati bilan Yakkasaroy tumanidagi 135-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasining umr daftari yana bir quvonchli xabar bilan muhrlanmoqda.
Maktabda tuman hokimligi tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida, yangi, zamonaviy futbol maydoni hamda “STREYeT WORKOUT” maydonchasi yoshlarga armugʻon etildi. va ana shu sport maydonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi oʻrinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshligʻi, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, tuman Xalq taʼlimi mudiri, maktab direktorlari, sportchi yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlarning isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni roʻyobga chiqarish va uning doirasidagi tadbirlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan jihozlar topshirildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati