Bugun Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 8-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Kotibiyati mudiri Abdumavlon Qosimov qisqacha kirish soʻzi bilan boshlab berdi.
Yigʻilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish xususidagi qator masalalar koʻrib chiqildi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha “Ayollar daftari”ga oid faoliyatda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari- oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nodira Umarova gapirdi.
“Temir daftar”ga oid faoliyatda amalga oshirilgan ishlar va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Gʻani Ismailxodjayev axborot berdi.
Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashishni, faol dunyoqarashni va mustahkam fuqarolik nuqtai-nazarni shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Abdulaziz Nazirov soʻzga chiqdi.
Maʼruzalarning yakuniy muhokamasi qizgʻin va axborotga boy tarzda oʻtdi.