Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 8-yigʻilishi

0
200
marta koʻrilgan.

Bugun Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 8-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Kotibiyati mudiri Abdumavlon Qosimov qisqacha kirish soʻzi bilan boshlab berdi.

Yigʻilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish xususidagi  qator masalalar  koʻrib chiqildi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha “Ayollar daftari”ga oid faoliyatda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida  Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari- oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nodira  Umarova gapirdi.

“Temir daftar”ga oid faoliyatda amalga oshirilgan ishlar va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha  Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Gʻani Ismailxodjayev axborot berdi.

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashishni, faol dunyoqarashni va mustahkam fuqarolik nuqtai-nazarni shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida  Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Abdulaziz  Nazirov soʻzga chiqdi.

Maʼruzalarning yakuniy    muhokamasi qizgʻin va  axborotga boy tarzda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.