Yangi yil bayrami shukuhi qutlugʻ boʻlsin!

0
106
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda katta-yu kichikni quvontirib yangi yil bayrami shukuhi kezib yuribdi.

Soʻlim joylar dillarni yayratib bayramona bezatilgan.  Xiyobonlar, mavze  va koʻchalardagi yam-yashil archalar, turfa ranglarda tovlanib turgan yangi yil chiroqlari shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, bolalarning quvonchiga quvonch ulashmoqda.

Poytaxtimizning  eng koʻrkam  maskani Toshkent siti esa yangi yilni uchinchi bora qarshilamoqda. Sayilgohlarga oʻrnatilgan muhtasham archalar haybatli binolar bilan bellashib, shahar koʻrkiga yanada  ulugʻvorlik bagʻishlamoqda.

Ertaklarning qahramonlari, qorqiz va qorbobolar, quvnoq kuy-qoʻshiqlar bayram bazmlarining shukuhiga shukuh qoʻshmoqda, ertaklar olamida yashovchi  kichkintoylarga quvonch ulashmoqda.

Yangi yil elimizga, yurtimizga qutlugʻ boʻlsin! Dillar hamisha quvonchlarga toʻlsin!- deya gujum.uz elektron nashr  jamoasi ham ezgu — tilaklar bildirib qoladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.