«Lokomotiv» Osiyo chempionlar ligasini yirik gʻalaba bilan boshladi

0
104
marta koʻrilgan.

Kecha Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Osiyo chempionlar ligasida dastlabki uchrashuvini oʻtkazdi.

Mavsumdagi ilk oʻyinda «temiryoʻlchilar» Birlashgan Arab Amirliklarining «Al Vahda» jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazdilar. Uchrashuv «Lokomotiv» futbolchilari uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Oʻzbekistonning amaldagi chempionlari oʻz maydonida kechgan bahsda raqiblar darvozasiga javobsiz beshta gol kirita oldilar.
 
Vakillarimiz safida gollarni Nivaldo, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboyev (dubl) lar kiritgan boʻlsalar, raqib futbolchilaridan biri avtogol muallifiga aylandi. Shu tariqa, «Lokomotiv» OCHLning dastlabki uchrashuvida oʻz hisobiga qimmatli boʻlgan uch ochkoni qoʻshib qoʻydi.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.