Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan anʼanaviy tadbir

0
204
marta koʻrilgan.

Oʻzbek milliy akademik drama teatrida 27 iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan anʼanaviy  tantanali marosim boʻlib oʻtdi. 

Unda vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy oʻquv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan tabrigini Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi. Bir guruh ijodkorlarga davlat mukofotlari topshirildi.

Tadbirda Chingiz Aytmatovning «Oq kema» asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.