Adliya vazirligi xodimlarining Samarqandga sayohati

0
180
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra,  vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, birdamlikni kuchaytirish, mazmunli  madaniy hordiq chiqarish maqsadida dam olish kuni  Samarqandga sayohat uyushtirildi.

“Afrosiyob” poyezdida yoʻlga chiqqan sayohatchilar Samarqand zaminiga yetgach, avvalo, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildilar. U yerda ajdodlar ruhiga Qurʼon tilovat qilgach, Hazrati Hizr majmuasiga yoʻl olishdi. Majmuani ziyorat qilib, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ruhi-pokiga duolar aytilib, xayrli ishlari esga olindi.

Shuningdek,  shahardagi boshqa meʼmoriy obidalar bilan tanishdilar. Yoʻl boshlovchidan koʻplab rivoyatlar, tarixiy maʼlumotlar, mahalliy urf-odatlar va anʼanalar ga oid goʻzal rivoyatlar tinglash sayohatchilarga bir olam taassurot, zavqu shavq bagʻishladi. Safarda qator yangi gʻoyalar tugʻilgani, loyihalar muhokama qilingani va takliflar berilgani ham buning yaqqol dalilidir.

Ommaviy safarga chiqish, nafaqat ichki turizmni rivojlantiradi, balki har qanday jamoaga toza havo olib kiradi, ichki muhitni yaxshilaydi, ish samaradorligini oshiradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.