QADRDON MAKTABIMGA KITOB SOVGʻA QILAMAN

0
560
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Hurmat Abdukarimov Urganch tumani Bekobod qishlogʻi Zargarlar mahallasidagi 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab kutubxonasiga “Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman!” shiori ostida kitoblar sovgʻa qildi.

– Kitob  insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi hamda bilim manbaidir. Uni oʻqigan insonning aqli charxlanadi va maʼnaviyati yuksalib boradi. Kitobga boʻlgan muhabbat, uni qadrlash va sevib oʻqish bolalikdan boshlanadi, – deydi Hurmat Abdukarimov.

– Men katta boʻlsam, Hurmat akamdek boʻlaman, –deydi gʻurur bilan 6-sinf oʻquvchisi Jamshidbek Rahimov. – Bugun biz kabi yoshlarga barcha sharoitlar yaratilganligidan foydalanib yanada koʻproq kitob oʻqishga kirishaman va xalqimga nafim tegadigan soliqchi boʻlaman.

-Ayni kunlarda bolalarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning qoʻllariga koʻproq kitob berish kabi ibratli va xayrli yumushlar keng koʻlamda amalga oshirilmoqda, — deydi Urganch tumani 20-son maktab kutubxonachisi Qutlibika Qutlimurodova. Bunday xayrli tadbir davomida bolalarda rahbarlarga boʻlgan ishonch, qolaversa kitob oʻqisam, men ham yetuk inson boʻlaman degan fikr uygʻonadi.

Romon ATAJONOV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.