Afsuski, bugungi bellashuvlarda  uch nafar bokschimiz ham yarim final uchun kechgan bahslarda imkoniyatni boy berishdi

0
112
marta koʻrilgan.

Barcha sportsevarlarning nigohi Tokio 2020 olimpidasi bellashuvlariga qaratilgan. Afsuski, delegatsiyamiz hisobida gʻalabalar kam kuzatilayapti.  Bokschimiz Rayhona Qodirova (-60 kg vazn toifasida bahs olib borgan)chorak final bosqichida amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Tajriba bobida raqibasidan ancha ustun boʻlgan Ferreyra yakunda oʻz gʻalabasini tantana qilib, yarim finalga yoʻl oldi.

Afsuski, bugungi bellashuvlarda  uch nafar bokschimiz ham yarim final uchun kechgan bahsda Olimpiadani tark etdi. Bokschimiz Elnur Abduraimov, ham Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini erta yakunladi. Chorak finalda Xovxannes Bachkovga qarshi kechgan jangda magʻlubiyatga uchradi.

Shahobiddin Zoirovga ham oʻzbekistonlik bokschilar orasida ilk bor ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni nomini qoʻlga kiritish nasib etmadi. Filippinlik Karlo Palamga qarshi bellashuv vakilimiz uchun alamli magʻlubiyat bilan xotima topdi.

Rayhona Qodirova, Elnur Abduraimov va Shahobiddin Zoirov uchun ushbu jahon maydonidagi bellashuvlar katta tajriba boʻladi, deya umid qilamiz. Qolgan vakillarimizdan gʻalabalarni kutib qolamiz.

GUJUM. UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.