Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-sonli ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurdi.
Mazkur boʻlim Olmazor tumanidagi “Shifokorlar”, “Jiydali”, “Xislat”, “Beruniy”, “Mirza Gʻolib», “Chigʻatoy Oqtepa” kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda koʻp qavatli uylar, oliy taʼlim muassasalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlar talaygina.
Kuni kecha boʻlim xodimlari yangi binoda ish boshladi. Ular oʻz xizmat vazifalarini sifatli bajarishi, jamoat xavfsizligini taʼminlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezidentimiz sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, hududni kechayu kunduz kuzatib, aholining osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.