Akmal Saidov Parlamentlararo Ittifoqning vitse-prezidenti boʻldi

0
168
marta koʻrilgan.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov 2020 yil 30 yanvar kuni Parlamentlararo Ittifoq (PI)ning vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi. Bu mamlakatimiz parlamenti hayotida muhim voqelik boʻldi.

Parlamentlararo Ittifoq (PI) — dunyo mamlakatlari parlamentlarini siyosiy jihatdan birlashtirib turuvchi, jahondagi eng uzoq yillik tarixga ega xalqaro uyushma  boʻlib, u 1889 yilda tashkil topgan.

Bugungi kunda u parlamentlarning eng yirik uyushmasi sifatida BMT bilan yaqin hamkorlik qiladi va uning maqsad-vazifalarini qoʻllab-quvvatlab keladi. Parlamentlararo Ittifoqqa BMTning Bosh Assambleyasi qoshidagi kuzatuvchi-tashkilot maqomi berilgan.  Aʼzo mamlakatlarning soni 178 tani tashkil etadi.

 Parlamentlararo Ittifoq parlament muloqoti va hamkorligi asosida tinchlikni, demokratiyani va barqaror rivojlanishni mustahkamlash uchun koʻmaklashishga intilayotganini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2017 yil 13 oktyabrdan eʼtiboran global parlamentlar hamjamiyatida Parlamentlararo Ittifoqning teng huquqli va toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻz ishtirokini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

2019 yil oktyabrida tarixda ilk bor Oʻzbekistondan tajribali deputat va diplomat, yetuk olim, akademik Akmal Saidov nomzodi Parlamentlararo Ittifoqning asosiy organlaridan biri — Ijroiya qoʻmita aʼzosi etib saylangandi.

Oʻshanda ushbu yangilik jamoatchilik tomonidan Oʻzbekistonda parlamentarizmni rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning xalqaro eʼtirofi sifatida yuksak baholangan edi.

Oʻzbekiston vakilining xalqaro tashkilotda faoliyat  yuritishi katta  voqelik boʻlib, yurtimiz tarixida muhim oʻrin tutadi. 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.