Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan xalqaro onlayn-forumi

0
104
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamda Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan onlayn-forum oʻtkazildi.

Onlayn tadbir Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Britaniya-Oʻzbekiston doʻstlik jamiyati, «BBC Oʻzbek xizmati», «Conservative Friends of Eurasia» tashkiloti, «Maximum Exposure» va «Thoburns Belgrave» kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Onlayn-forumda ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qoʻmita raisi B.Sayfullayev, Madaniyat vaziri oʻrinbosari K.Akilova, Lordlar palatasi aʼzosi, lord Piter Lilli, vazirlik va idoralar, Britaniyaning nufuzli universitetlari vakillari, navoiyshunos olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 Mazkur onlayn-forumda «BBC Oʻzbek xizmati» tomonidan tayyorlangan Navoiy ijodi haqidagi hujjatli film hamda shoir gʻazallarining ingliz tilida Britaniya siyosatchilari tomonidan oʻqilgan videoroligining namoyishi boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari, onlayn-forum doirasida britaniyalik shoir Endryu Stanilend qalamiga mansub «New Divan. Hazrat Alisher Navoi» («Yangi Devon. Hazrat Alisher Navoiy») sheʼriy toʻplami va shoir Aʼzam Obid tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan «Without You» («Sensiz») nomli Navoiy gʻazallari toʻplamining taqdimoti oʻtkazildi.

Manbaa: Madaniyat.uz  rasmiy kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.