Almada Gran-pri: Tilovov finalda, Ermaganbetova bronza medali uchun kurashadi

0
86
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda mamlakatimiz sportchilari jahon maydonlarida oʻz omadini sinab, tajribasini yanada oshirishmoqda.

Portugaliyada start olgan dzyudo boʻyicha Almada Gran-prisining birinchi kun kechki dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan sportchilar nomi maʼlum boʻldi.

Quvonarlisi, unda -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov chempionlik uchun kurashadi.

Hamyurtimiz saralash bosqichlarida Gruziya, Isroil, Janubiy Koreya va Turkmaniston vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Uning finaldagi raqibi Janubiy Koreya termasining ushbu vazndagi yetakchisi An Baul boʻladi.

Shuningdek, Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) bronza medali uchun britaniyalik Nekoda Smot-Devis bilan kurash olib boradi.

Afsuski, terma jamoamizning qolgan vakillari medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.