“Alpomish” bolalar oromgohida “Karvon saroy buyuk ipak yoʻlida” spektakli namoyishi

0
629
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatrining  bir guruh ijodkorlari qadimiy Xiva shahridagi eng soʻlim istirohat maskanlaridan hisoblangan “Alpomish” bolalar oromgohida ijodiy safarda boʻlishdi.

Oromgohda yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazayotgan  oʻsmirlar va bolajonlarga teatr repertuaridan joy olgan  “Karvon saroy buyuk ipak yoʻlida” spektakli begʻaraz hayriya tarzida namoyish etildi.

Spektakl oromgohda dam olayotgan bolajonlar tomonidan iliq qarshi olindi.

“Alpomish” bolalar oromgohi maʼmuriyati qiziqarli sahna asari uchun ijodiy jamoaga minnatdorchilik izhor qildi.

Yozgi mavsumda bolalar oromgohlari boʻylab ijodiy safarlar  davom etadi.

Maftuna ROʻZIMATOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.