ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO XOTIRA TURNIRI SOVRINDORI

0
241
marta koʻrilgan.

Andijon davlat universiteti talabasi Muhammad Yusuf Toshtemirov Qozogʻistonda sportning shashka turidan oʻtkazilgan xalqaro xotira turnirida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shu yilning 16-21 aprel kunlari Qozogʻiston Respublikasining shashka federatsiyasi tomonidan Bak Imanilayevning xotirasiga bagʻishlab xalqaro xotira turniri oʻtkazildi.

Unda Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkmaniston Respublikalaridan tashrif buyurgan shashkachilar ishtirok etishdi. Xalqaro turnirda mamlakatmizdan 2 nafar vakil qatnashdi.

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti matematika taʼlimi yoʻnalishining 2 bosqich talabasi Muhammad Yusuf Toshtemirov 64 katakli shashka musobaqalarida 2 oʻringa sazovor boʻldi.

Maʼlumot uchun, Muhammad Yusuf Toshtemirov shashkadan Oʻzbekiston hamda Osiyo chempioni. 2017 yilda u 64 katakli shashka boʻyicha Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritib, universitetga imtiyozli ravishda qabul qilingan. 

Manbaa: Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.