Andijon viloyati oʻquvchilari “Jemchujina Vostoka” nomli xalqaro tanlovda gʻoliblar safida

0
145
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 10-19 aprel kunlari Xitoy Xalq respublikasining Pekin shahrida  “Jemchujina Vostoka” nomli xalqaro tanlov boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi sanʼat va musiqaga  ixtisoslashtirilgan   maktablarning iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Oʻquvchi-yoshlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha 11 ta davlatlar oʻrtasida GRANPRI va I-II-III-oʻrinlarga sazovor boʻldilar. Oʻzbek bolalarining sanʼati nafaqat Chin xalqini balki, tashrif buyurgan qoʻshni davlatlar vakillarini ham lol qoldirdi.

Xalqaro tanlovda Marxamat tumani, Polvontosh shaharchasidagi 26-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining “Estrada xonandaligi” yoʻnalishi boʻyicha III-sinf oʻquvchisi Ergashev Alisher  oliy oʻrin — GRANPRIni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi  matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.