Joriy yilning 10-19 aprel kunlari Xitoy Xalq respublikasining Pekin shahrida “Jemchujina Vostoka” nomli xalqaro tanlov boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi sanʼat va musiqaga ixtisoslashtirilgan maktablarning iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Oʻquvchi-yoshlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha 11 ta davlatlar oʻrtasida GRANPRI va I-II-III-oʻrinlarga sazovor boʻldilar. Oʻzbek bolalarining sanʼati nafaqat Chin xalqini balki, tashrif buyurgan qoʻshni davlatlar vakillarini ham lol qoldirdi.
Xalqaro tanlovda Marxamat tumani, Polvontosh shaharchasidagi 26-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining “Estrada xonandaligi” yoʻnalishi boʻyicha III-sinf oʻquvchisi Ergashev Alisher oliy oʻrin — GRANPRIni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati