Anons: «VIII xalqaro charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar» koʻrgazma-yarmarkasi ochiladi

0
82
marta koʻrilgan.

2018 yilning 27-29 mart kunlari «VIII xalqaro charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar» koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

«Oʻzbekcharmpoyabzali» uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan anʼanaviy koʻrgazma Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da oʻtkaziladi.
 
– Koʻrgazma-yarmarkada mahalliy korxonalar vakillari, 60 nafarga yaqin xorijlik tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda, – dedi uyushma axborot xizmati xodimi Sardor Jovliyev. – Unda zamonaviy dizayn asosida yaratilgan charmpoyabzal mahsulotlarining yangi namunalari, texnologiyalar, texnologik dastgoh va uskunalari namoyish etiladi. Koʻrgazma doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, seminar va taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.