Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqa start oladi.
Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi.
Anʼanaga muvofiq 4 aprel kuni musobaqadan avval matbuot anjumani va qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijasiga koʻra yurtimiz dzyudochilarining dastlabki raqiblari aniqlandi:
-60 kg: Doston Roʻziyev – Daniel ben Devid (Isroil).
-60 kg: Kemran Nurullayev – Kun-Lin Yex (Xitoy Taipeyi).
-66 kg: Shahram Ahadov – Yoqubjon Boqiyev (Tojikiston) / Matey Poliyak (Slovakiya).
-73 kg: Gʻiyosjon Boboyev – Yan Naku (Moldova).
-90 kg: Shahzod Sobirov – Mikoil Oʻzerler (Turkiya) / Gustavo Assis (Braziliya).
-100 kg: Aloviddin Joʻraqulov – Elmar Gasimov (Ozarbayjon).
+100 kg: Alisher Yusupov – Rustam Kotsoiyev (Ozarbayjon).
J. Saʼdullayev tayyorladi.