AQSHda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar qanday oʻtdi?

0
360
marta koʻrilgan.

22 dekabr kuni AQSHda yashovchi oʻzbekistonliklar Shayxontohur okrugidan parlamentga koʻrsatilgan besh nomzodga ovoz berdi.

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida tashkil etilgan 12-saylov uchastkasida boʻlib, jarayon bilan tanishdik.

Saylov uchastkasiga Merilend, Virjiniya, Pensilvaniya, Shimoliy Karolina kabi shtatlardan yuzlab oʻzbekistonliklar fuqarolik huquqidan foydalanish va ovoz berish uchun keldilar.

Elchxonaning maʼlumotiga koʻra, tushki soat 1 gacha 200 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ovoz bergan.

Saylov bayram ruhida tashkillashtirilib, “Marjona” raqs ansamblining chiqishlari tashkil etildi, vatandoshlar uchun oʻzbek milliy taomi – osh tarqatildi.

Eslatib oʻtamiz , AQSHning Orlando, Chikago, San-Fransisko, Bruklin, Atlanta, Sietl kabi bir qancha shaharlarida muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilgandi.

Markaziy saylov komissiyasi tashkil etgan birifingda qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatovning aytishicha, xorijiy davlatlarda jami 55 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Saylovning umumiy natijalari 23-dekabr kuni eʼlon qilinadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.