Soʻnggi yillarda fanga kirib kelgan va jadal rivojlanib borayotgan ertak terapiya texnologiyasi oʻz oʻrnida bolalar bilan ishlashning innovatsion usuli boʻlib, bola psixologiyasidagi mavjud muammolarni ertaklar yordamida muloyim tarzda va uni ortikcha qiynalmay bartaraf etishning eng taʼsirchan uslubidir.
Ushbu yoʻnalishda hozirgi zamon bolalari ham ertaklar yordamida dunyoni bilish va hayot saboqlarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar. Jahonning koʻzga koʻringan psixologlarining taʼkidlashicha, ertak-terapiyasiga salomatlikni asrash, jumladan, qoʻrquvni yengish, ruhiyatdagi salbiy his-tuygʻularni bartaraf etish texnologiyasi deb qarash maqsadga muvofiqdir.
Avstraliyalik taniqli psixolog olim D. Berttning qayd etishicha, “Bola-kichkina insongina emas, alohida shaxs xamdir. U sehrli hikoya va ertaklar yordamida oʻz orzu umidlarining aksini koʻradi. Ruhiyatdagi qoʻrquv hissi yoʻkolib, muammolarini yechishga ijobiy qahramonlardan oʻrnak olishga intiladi. Kolaversa, ertak va hikoyalar murgʻak qalblarda dadillik va oʻz kuchiga ishonch hissini uygʻotadi. Bu esa bola psixologiyasining barqaror shakllanishida favqulodda muhimdir. Oʻziga boʻlgan ishonchini yoʻkotgan bola muammolar bilan kurashmay koʻyadi va hech qachon muvaffakiyatga erisha olmaydi.
Bola ertak orkali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni oʻrganadi. Eng muhimi, ular qalbida qoʻrquv hissini yengish, gʻov va qiyinchilikdan hadikmaslik tuygʻulari shakllanadi.
Ertak qahramonlarining eng mushkul va xatarli vaziyatlarda ham gʻovlarni sabot bilan yengib oʻtishdan oʻrnak ola bilgan bola maʼnan va ruhan kuchli boʻlib voyaga yetadi. Murakkab vaziyatga duch kelganda, tushkunlikka tushmaydi. Muammolar, shubxasiz, ortda kolib, albatta, baxtli kunlar kelishiga ishonadi. Ertaklardan olingan xayrli oʻgitlar bolaning hayotiga muhrlanib, ular ulgʻaygandan keyin xam nihoyatda astkotadi.
Siz sehrli va maftunkor ertaklardan olgan taassurotlaringizni eslay olasizmi? Ertaklar yordamida had-hududsiz xayolot olamini kezib chiqqanmisiz? Zukkolar oʻylab topgan fantastik vokealar, toʻkima lavhalar, sehrli buyumlar, gʻayritabiiy hodisalar, jumladan, yovuzlikning, qoralanishi, ezgulikning qadrlanishi, kabilar hayotingiz davomida sizga yoʻldosh boʻlgan, oʻz taʼsirini koʻrsatganmi? Ertakdagi dovyurak qahramonning ruhiy kechinmalarini oʻzingizda oʻtkazib, u bilan birga mashaqqat va azoblarni matonat ila yengib oʻtganingiz, siz sevgan qahramonarning yutuq va gʻalabalaridan quvonganingiz ham esingizdami? Bolalik chogʻlarida Alpomish, Farxod, Toxir kabi bahodirlar singari qoʻrqmas, jasur boʻlishni istamagan, “Alvon yelkanlar” fantastik qissasidagi Assol kabi baxtli qiz boʻlishni yoki sehrgarlarning sehrli tayokchasini orzu kilmagan oʻgʻil-qiz boʻlmasa kerak.
Bolaligimizda ertak qahramonlari bilan birga yaxshilik va yomonlik, sahiylik va xasislik, mardlik va koʻrqoqlik, raxmdillik va bagʻritoshlik, vafo va xoinlikni bir-biridan farqlashni oʻrganamiz. Aynan mana shu hikoyalar oʻy-xayollarimizni, psixologik dunyokarashimizni shakllantirib, orzu kilishga oʻrgatgan va beixtiyor oʻzimizni ertak qahramoni oʻrniga koʻyib, u bilan birga hayot haqiqatini anglash va eng mushkul holatlardan ham sharaf bilan chiqib ketish choralarini topishga yordam berib kelgan.
Maʼlumki, har kanday ertakda quyidagi elementlar boʻladi: qahramon va qahramonlar, syujet, konflikt va yechim. Ammo bola oʻzini ertakdagi qahramonlar bilan qiyoslay olsa, vokealarni oʻz hayotidagi vokealarga oʻxshatsa va ulardan oz boʻlsa ham kandaydir oʻrnak olsa va eng muhimi, uning bosh maqsadini tushunsagina ertak terapevtik taʼsirga ega boʻlishi mumkin. Oʻshandagina bola ertak qahramonlariga taqlid kila boshlaydi, hamda yaxshilik va yomonlikning farqiga boradi. Oʻziga nisbatan ishonchi kuchli boʻlgan bola doim komillik sari intilib yashaydi. Xususan, “Zumrad va Qimmat”, “Pinokkio”, “Sexrli shamchirok”, “Maugli”, “Oppogʻoy va yetti gnom”, “Qor malikasi” kabi yuzlab ertaklarda shunday gʻoyalar mujassam. Soʻnggi paytlarda taniqli va oʻz amaliyotida ilgʻor uslublarni faol koʻllaydigan psixologlar bolalar ruhiyatidagi muammolarni mualaja kilishda majoziy ertaklar yordamida terapiyani koʻllashyapti. Majoziy ertaklarda hayvonlar dunyosi shartli boʻlib, aslida, Insonlarning turli obraz va holatlardagi hatti-xarakatlari bayon etiladi.
Gohida bu xildagi ertaklar xalk ogʻzaki ijodi namunalari yoqi muallif tomonidan yaratilgan mashhur ertaklarni eslatsa, gohida ularning hech kanday badiiy kiymati yoʻkday koʻrinadi. Bunday ertaklar psixoterapiya jarayoni bilan tanish boʻlmagan insonga tushunarsiz va mazmuni sayozdek boʻlib tuyuladi. Ammo aynan shu ertaklar badiiy kimmati, oʻziga xosligi xamda mazmunidan katʼiy nazar, terapevtik xususiyatga ega boʻlib, bolaning ichki dunyosini ijobiy shakllantirish, uning uchun tamomila nomaʼlum boʻlgan narsani tushuntirish va psixologiyasini sogʻlomlashtirish, xotirjamligi va ruhiy barqarorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Ertak terapiyasi vositasida davolash orzu va xayolat tuygʻusi kuchli boʻlganlarga toʻgʻri keladi. Ruhiy yashirin holatlarni, qarama-qarshi vaziyatlarni va ichki oʻzgarishlarni tushinishda ijobiy qoʻllaniladi. Bu davolash usuli, ayniqsa, yosh bolalarda ijobiy taʼsir kuchiga ega boʻlib, bolalar ertakni tinglash yoxud oʻzi ertak aytib, oʻzi ham syujetlarni toʻqib, ertaklardagi kabi hikoya qilishiga zamin yaratadi. Ertak terapiyasi syujetni mustaqil yaratish davomida bolalarning ichki dunyosini boyitadi, oʻzini orzu va xayoloti, his-hajonini anglashi, qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni oʻrganadi.
Shohista Samarova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri