Art-terapiya: Loy va qumdan yasashning maqsadi nimada?

0
475
marta koʻrilgan.

Bu safargi mashgʻulotda  art terapeyasining yana bir yoʻnalishi — loy, qumdan foydalanishning maqsad va vazifalarini ochib berishga harakat qilamiz.

Loy xamirga juda oʻxshashdir. Loy bilan ishlashda tajovuzkor bola oʻzining hissiyotlariga yoʻl topadi, oʻziga ishonchsiz bola esa yasash bilan shugʻullanib vaziyatni boshqarishga oʻrganadi. Xayoli tarqoq va tinch turmaydigan bolalarga loy xayolni jamlashni oʻrgatishga yordam beradi. Loy bilan yasashda loyni yirtish, boʻlakka boʻlish, kesish, buyumni sindirish mumkin, keyin esa hohlangan obrazni yaratishda hammasini yana qayta boshlash mumkin.

Qumli terapiya. Art terapiyaning yana bir turi – qumli terapiya boʻlib, unga Karl Yung asos solgan. Maʼlumki, qumli oʻyinlar bolajonlarni ilk bolalaik davridanoq oʻziga jalb etadi. Bolalar qumdan turli narsalarni yasab, ham jismoniy, ham ruhiy faolliklari oshadi. Qumdan qasrlar, uylar qurib, ijodiy tafakkurlari rivojlanadi.

 Qum bilan chizish. Qum bolalar uchun eng eʼtiborni jalb etadigan ashyo boʻlib qolgan. Qum bilan chizish va qumli art davolash bu maktabgacha bolalar tasviriy faoliyatining yangi va oddiy turidir. Kattalar uchun bola hissiyotini tushunishning yana bir turidir. Bolalar tinch musiqa ostida oʻz qoʻllari bilan qumda takrorlanmas nodir asarlar yaratishadi. Ajoyib bir holat bilan qum toʻdasi bolaning kayfiyatiga, tabiat aksi, yulduzli osmon, oʻrmon yoki dengizga aylanadi. Qum bu oʻsha boʻyoqdir, faqat “yorugʻlik va soya” tamoyili bilan ishlaydi, u inson hissiyoti va qaygʻusi, xayollari va intilishlarini juda yahshi aks ettiradi. Bola quruq va hoʻl qum bilan chizib dunyoni oʻrganadi, chunki ish mustaqil eksprimental va badiiy faoliyat bilan bogʻliq. Ushbu vosita, bu turdagi faoliyat bolaga qoʻrqish hissini yengish, rasmda aks ettirish, hissiyotni hosil qilish imkonini beradi, erkinlik beradi.

Shohista  Samarova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti  Psixologiya kafedrasi mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.