Yunon-rum kurashi boʻyicha vakilimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarini gʻalaba bilan boshladi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.
2019 yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay oʻzida iroda namoyish eta oldi va yakunda gʻalabani ilib ketdi. Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSH vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.
Ikki karra Jahon chempionati sovrindori Rustam Assakalovga Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bosqichida xorvatiyalik Ivan Xuklek raqiblik qildi.
Murosasiz kechgan kurashda xorvatiyalik kurashchi 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi. Endi Xuklek finalga yetib borgan taqdirda Assakalov bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.
GUJUM.UZ