Assakalov jahon chempioni ustidan gʻalaba qozondi, biroq…

0
132
views

Yunon-rum kurashi boʻyicha vakilimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarini gʻalaba bilan boshladi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.

2019 yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay oʻzida iroda namoyish eta oldi va yakunda gʻalabani ilib ketdi. Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSH vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.

Ikki karra Jahon chempionati sovrindori Rustam Assakalovga  Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bosqichida xorvatiyalik Ivan Xuklek raqiblik qildi.

Murosasiz kechgan kurashda xorvatiyalik kurashchi 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi. Endi Xuklek finalga yetib borgan taqdirda Assakalov bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.

GUJUM.UZ

 

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here