«Atirgul» tanlovi gʻoliblari

0
216
marta koʻrilgan.

Bugun Yoshlar ishlari agentligi faollar zalida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan  «Atirgul» tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Jurnalist ayollar shrtasida oʻikaziladigan  bellashuv gʻoliblarining safida «Bolalar va oʻsmirlar mavzusi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi Ilmira Xojamuratova — “Jetkinshek” gazetasi muxbiri; “OAV bilan faol va tezkor ishlagani uchun” nominatsiyasi gʻolibi Movluda Asqarxoʻjayeva — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim agentligi Axborot xizmati rahbari; “Oila mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi Hafiza Abdullayeva — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi Televideniye guruhi muharriri; “Ekologik muammolar yoritilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi Nargis Qosimova — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti media va kommunikatsiya fakulteti, Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot xizmati kafedrasi dotsenti; “Sogʻlom turmush tarzini keng yoritgani uchun” nominatsiyasi gʻolibi Durdona Abdullayeva — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy-huquqiy jurnalistika magistranti kabi salohiyatli va faol jurnalistlar gʻoliblikka  munosib koʻrildi.

Ushbu tanlov tashkil etilganiga deyarli 30 yildan oshdi. Har yili 8 mart- xotin-qizlar bayrami arafasida gʻoliblar taqdirlanadi. Anʼanaviy ushbu tanlov oʻrtada maʼlum muddat toʻxtab ham qoldi. Yaqinda esa yana qayta tashkil etildi.   Men ushbu tanlovda qatnashib gʻolib boʻlganimga esa deyarli 30 yil boʻlibdi.

Yosh kasbdoshlarimni gʻoliblik bilan qutlayman. Oʻzbek jurnalistikasi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishlarida tilakdoshman. Shaxsiy hayotida va ijodida ulkan omadlar tilab qolaman!

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.