Avtoklub – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi

0
218
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi “Avtoklub”ni Navoiy va Andijon viloyatlariga tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev tadbirni tabrik soʻzi bilan ochib, oʻziga xos ushbu armugʻon Mustaqillik yillarida ilk bora berilayotganligini gapirdi.

Mazkur avtobusda sanʼat va madaniyat sohasi vakillari uchun barcha shart-sharoitlar mujassamlashgan boʻlib, unda musiqa asboblari uchun maxsus joylar, ovoz kuchaytirgichlar, grim stollari kabi imkoniyatlar yaratilgan.

Chekka hududda yashayotgan aholiga xizmat qilishiga moʻljallangan ilk qaldirgʻoch avtoklubni  qabul qilib olayotgan vakillar uni elga munosib xizmat qilishini, targʻibot-tashviqot ishlariga eng yaqin koʻmakchi boʻlishini gapirishdi.

Vazir ushbu yangilik kelajakda boshqa viloyatlarga ham joriy etilishini taʼkidladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.