Avtomobil sanoatining rivojlanish istiqbollari belgilandi

0
289
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi, deya xabar berilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida. 

Avtomobil sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin tutishi, lekin keyingi paytlarda ishlab chiqarish va eksport hajmi kamaygani qayd etildi. Tarmoqning barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketgani tanqid qilindi.

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida qarzdorlik yuzaga kelgan. Oʻtgan yili kompaniyaning bir nechta korxonasi faoliyatini zarar bilan yakunlagan. Avtomobillar yillar davomida oʻz tannarxidan past qiymatda eksportga sotilgan. Oʻz navbatida, tannarxni tushirish boʻyicha salmoqli ish qilinmagan.

Davlatimiz rahbari avtomobilsozlikda mahsulot tannarxini kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, importni qisqartirish boʻyicha topshiriqlar berdi. Tarmoq korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish, avtomobillar ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish zarurligini taʼkidladi. 

Mamlakatimizda avtomobilsozlik tarmogʻini yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Avtosalonlarning joylashishi va avtomobillar taqsimotini qayta koʻrib chiqish, ichki bozorda avtomobillarni sotish tizimini tartibga solish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. 

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.