«Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi» koʻrik tanlovi

0
434
marta koʻrilgan.

 Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon kutubxonasida «Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi» koʻrik tanlovining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart boʻyicha jumladan, kutubxona fondlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda axborot-kutubxona faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar, jamoatchilik ommasiga yanada kengroq yoritish maqsadida oʻzlarining turli innovatsion loyihalarini taqdim etdilar.

Hususan, ishtirokchilarning imkoniyati cheklangan aholi qatlami uchun ishlangan «Surdo» buktreyler”, ilm-fanga qiziquvchi bolalar uchun «Bilim kashfiyotchi» klubi, kitoblarning yaratilgan QR-kodlarini aholi gavjum joylarda oʻrnatish, kitoblardan elektron foydalanish imkoniyatini beruvchi «Bukshelf» dasturini yaratish kabi loyihalari hakamlar hayʼatiga maʼqul boʻldi.

Qilingan namoyishlar mazmun-mohiyati, dolzarbligiga koʻra 1-oʻrinni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi Elektron resurslardan foydalanish va oʻquv zallari sektori mudiri Azimova Dilnoza, 2-oʻrinni Uchtepa tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati bibliografi Nuritdinova Umida, 3-oʻrinni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi Elektron resurslardan foydalanish va oʻquv zallaridan foydalanish xizmati mutaxassisi Moʻminova Shoira qoʻlga kiritishdi hamda «Bilim» AKM tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek tadbir soʻnggida «Bilim kashfiyotchi» klubi aʼzolari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Tanlovda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya maʼlumotlari bazasini shakllantirish axborot xizmati rahbari Shoira Rahimova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-texnik axborot markazi axborot-resurslarni shakllantirish departamenti boshligʻi Jasur Mirzakarimov, Toshkent shahar Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Behzod Maxmudov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Dilshod Rajab, Oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari hamda xorijiy adabiyotlar boʻlimi boshligʻi Nargiza Mirxodjayeva, Toshkent shahar tuman axborot kutubxona markazlari direktorlari, tanlovning 1-bosqichi ishtirokchilari, OAV vakillari qatnashdi.

Madina MAVLONOVA, Toshkent shaxar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.