«Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi — 2019» respublika tanlovi  yakunlandi

0
316
marta koʻrilgan.

“INFOLIB UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida  2019 yil 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi — 2019» respublika tanlovi  yakunlandi.

Tanlov Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Axborot-kutubxona markazlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Madaniyat vazirligi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari oʻrtasida  bosqichma- bosqich oʻtkazildi.

Tanlovning ikkinchi kunida, “Kitobsevar yoshlar — mamlakat kelajagi” mavzusidagi uy vazifasi ijodiy tanlovida jamoalarga oʻzlarining ijodiy qobiliyat va isteʼdodlari, qiziqishlarini toʻliq namoyon etish imkoni berildi. Unda ishtirokchilarning hajviy va hazil-mutoyibali teatrlashtirilgan musiqiy chiqishlari, oʻz kasbiga ijodiy yondashuvi, aktyorlik mahorati, chet tillarini bilishi va jamoada ishlash koʻnikmalari hayʼat tomonidan baholandi.

Tanlov natijalari boʻyicha 1-oʻringa Toshkent shahar “Bilim”  axborot-kutubxona markazi jamoasi munosib topildi.

 Ikkinchi oʻrinni Jizzax viloyati egalladi. 3-oʻrin  Andijon viloyatiga berildi. Navoiy viloyatiga 4-oʻrin, Namangan viloyatiga  5-oʻrin nasib qildi.

Tanlov gʻoliblariga  diplomlar, sertifikatlar, qimmatli sovgʻalar va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining esdaliklari topshirildi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.