“Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon”mavzuidagi III media-forum

0
95
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida Boʻstonliq tumanidagi “Oltin olma” pansionatida davlat organlari,  tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi  media-forum boʻlib oʻtdi.

Tadbirni AOKA direktori Asadjon Xodjayev ochib berdi va qatnashchilarni katta tajriba va bilim-malaka oshirish maydoni boʻlgan Media-forumda ishtiroklari bilan qutladi.

Forum ochilishida, shuningdek, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov va Agentlik mutasaddi xodimlari ham soʻzga chiqishib, bu kabi tadbirlarning axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishda va davlat organlari shaffofligi hamda ochiqligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritishdi.

 28-29 iyul kunlari boʻlib oʻtgan media-forumda Axborot xizmatlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan turli mavzularda panel sessiyalar uyushtirildi.

Anʼanaviy  Media-forumning ikkinchi kunida sport bellashuvlari ham boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat -shashka turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Sportning shaxmat-shashka yoʻnalishi boʻyicha bellashuvlarda Xorazm viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova faxrli 1-oʻrinni egalladi.

AOKA direktori Asadjon Xadjayev gʻoliblarga diplom va qimmatbaho sovgʻalarni tantanali ravishda topshirdi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.