Ayollar kurashi. Nabira Yesenbayeva Osiyo vitse-chempioni

0
259
marta koʻrilgan.

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha turnir doirasida ayollar kurashi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtdi. Bellashuvlarda uch nafar sportchimizda medal olish uchunbellashdi. Afsuski, ikki sportchimiz bronza uchun bahslarda imkoniyatni boy berib qoʻydi. Finalgacha yetib borgan  Nabira Yesenbayeva ham hal qiluvchi bahsda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va qitʼa chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.
Bugun ayollar kurashida yana besh nafar sportchimiz oʻz imkoniyatini sinovdan oʻtkazadi.

Ertadan esa Osiyo chempionatida erkin kurash boʻyicha bahslarga start beriladi. 

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.