Badiiy gimnastikachilarimiz Rossiyada sovrindor boʻlishdi

0
143
marta koʻrilgan.

Rossiya poytaxti Moskva shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Gran-Pri musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli turnirda oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishdi. Halqa bilan mashq bajarishning jamoaviy bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Terma jamoamiz safida Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Nilufar Shomurodova, Sofiya Qosimova, Komola Ernazarova va Shohsanam Norboʻtayevalar harakat qilishdi.
 
Bahslarda birinchi oʻrinni Bolgariya terma jamoasi qizlari egalladi. Ikkinchi oʻrin esa mezbonlar — Rossiya terma jamoasi aʼzolariga nasib qildi.
 
Yakkalik bahslarida final bosqichigacha yetib borgan Sabina Toshkenboyeva esa beshinchi oʻrinni egalladi.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.