Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yoʻl oldi

0
86
marta koʻrilgan.

Super ogʻir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yoʻl oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschi Freyzer Klarkka  qarshi ringga koʻtarildi.

Freyzer Klarkka bilan oʻta shiddatli va murosasiz ruhda oʻtgan jangda Jalolov oʻzining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund oʻtib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. Oʻsha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni boʻyicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finaliga yoʻl oldi.

Eslatib oʻtamiz: Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Bahodir Jalolov yaqqol ustunlik bilan gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl olgandi. 

Ushbu gʻalaba bilan barcha muxlislarni tabriklab qolamiz va finalda ham Bahodir Jalolovdan gʻalaba kutib qolamiz. Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi Qozogʻiston va AQSH vakillari oʻrtasidagi bellashuvning gʻolibi boʻladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.