Bankokdagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz kikboksingchilari 24 ta medalni qoʻlga kiritishdi

0
102
marta koʻrilgan.

Tailandning Bankok shahrida kikboksing sport turi boʻyicha Osiyo chempionatida 18 ta davlatdan 379 nafar sportchi qatnashdi.

Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan 27 nafar oʻzbekistonlik kikboksing sportchidan 19 nafari  finalga yoʻlanma oldi.

17 dekabr kuni 8 nafar kikboksing ustasi finalda qatnashdi. Ular 3 ta oltin medal sohibi boʻlishdi va Osiyo chempionlari unvonini qoʻlga kiritishdi.

Keyingi kun bellashuvlarida mamlakatimizdan 8 nafar kikbokschi qatnashdi va 4 ta oltin va 6 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yoʻnalishda mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi. Chempionat sarhisobiga koʻra sportchilar 24 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Ulardan:  10 ta oltin,  9 ta kumush,  5 ta bronza medal sohibi boʻlishdi.

Eng quvonarlisi, sportchilarning 6 nafari Jang sanʼati jahon oʻyinlari yoʻllanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan Jahon oʻyinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Kelgusi yilda Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan jang sanʼati jahon oʻyinlarida Oʻzbekistondan birinchi marta kikboksing ustasi sifatida yurt bayrogʻini koʻtaradigan sportchilar: Istamov Zarifjon — 60 kg, Kosolapov Sergey — 69 kg, Choriyeva Malika — 65 kg

Barcha chempionat sovrindorlarini zafarlar bilan muborakbod etamiz! Jahon arenalarida yurtimiz bayrogʻini yanada yuksakroq hilpiratishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.