BBC bilan hamkorlikda “Katta Langar Qurʼoni» filmi suratga olinyapti

0
457
marta koʻrilgan.

Muborak Ramazon oyi hukm surayotgan shu kunlarda mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish, Oʻzbekistonning boy madaniy merosini asrash va oʻrganish maqsadida 30 qismdan iborat “Katta Langar Qurʼoni: Sirlar va haqiqatlar” nomli hujjatli film suratga olinmoqda, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Mazkur keng qamrovli loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, BBC teleradiokompaniyasining Oʻzbek xizmati, “Sevimli” telekanali, “Eriel” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, filmning dastlabki qismlari efirga uzatildi. Qolgan qismlari ham oy davomida tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilib boriladi.

“Katta Langar Qurʼoni: Sirlar va haqiqatlar” nomli hujjatli filmni yaratish jarayoni haqida soʻz ketganda, ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. VIII asrda yaratilgan “Katta Langar Qurʼoni” qoʻlyozmasining bizgacha yetib kelgan 81ta sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlanadi. Aniqlanishicha, bu nodir qoʻlyozma bir necha asr ilgari yurtimizga olib kelingan va uzoq vaqt davomida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlogʻida, XV asrda qurilgan Langarota ziyoratgohida saqlab kelingan. Taxminlarga koʻra, qoʻlyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Ayni paytga qadar Oʻzbekiston Musulmonlar idorasida ushbu qoʻlyozmaning 13ta sahifasi saqlanar edi.

Taʼkidlash joizki, oʻtgan vaqt ichida mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik tamoyillarining yuksak qadrlanishi, muqaddas Islom dini durdonalaridan biri hisoblangan “Katta Langar Qurʼoni” yaratilishi tarixi, uning Islom olamidagi ahamiyati va nufuzi, mamlakatimizning ushbu jarayonda tutgan oʻrnini koʻrsatib beruvchi koʻplab media mahsulotlar tayyorlandi.

Filmning keyingi qismlarida Qurʼoni karimning nozil qilinishi, kitob holida jamlanishi, “Katta Langar Qurʼoni” nusxasining yaratilish tarixi, Qashqadaryo viloyatining Katta Langar qishlogʻiga olib kelinishi, shuningdek, Paygʻambarimiz (s.a.v.)ning muborak xirqalari bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlardan bahramand boʻladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.