Vatan mustaqilligining 30-yilligi arafasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi, Jaloliddin Manguberdi fondi raxbari, UrDU tarix kafedrasi oʻqituvchisi va «Koʻhna Xorazm» guruhi admini Bekzod Muratbayevich Abdirimov davlatimiz tarafidan «Shuxrat ordeni» bilan mukofotlandi.
Uning Jaloliddin Manguberdi va Xorazmshoxlar tarixi boʻyicha qilgan tadqiqotlari va qator nashr etilgan kitoblari, hususan, Pokiston tarixchi olimi, Jaloliddinshunos Vasim Sajjad bilan hamkorlikda nashr etilgan ilmiy toʻplami tarixshunoslar tomonidan iliq kutib olindi.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Jaloliddin Manguberdining Pokistonda qurdirgan qalʼa va masjidi qoldiqlarini qayta tiklab, ushbu joyni butun turk dunyosi uchun ziyoratgohga aylantirishi xaqida topshiriq berganligini ijtimoiy tarmoqlarda oʻqib xursand boʻldik. Bu esa biz yoshlar uchun namunali holatdir.
Bekzod Abdirimovning xalqaro miqyosda qilinayotgan tadqiqotlar ustida ishlashi davom etmoqda.
Yurtdoshimizni davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri «Shuxrat ordeni»ga sazovor boʻlganligi bilan muborakbod etamiz va yutuqlari bardavom boʻlishida tilakdoshmiz!
Elyor POLVONOV, Xorazm