Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov Minsk turnirida 0ltin medal sohibi boʻlishdi

0
224
views

Belarusning Minsk shahrida erkin kurash boʻyicha Aleksandr Medved sovrini uchun xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Gran-pri tasnifidagi musobaqa jahon chempionatidan avval kurashchilar uchun oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib,  turnirda 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.  Hasanboy Rahimov  va Bekzod Abdurahmonov  oltin medalga sazovor boʻldi. 

 Jahongirmirzo Turobov hamda  Jabroil Shapiyev kumush medal sohibi boʻldi.

Ixtiyor Navroʻzov,  Rashid Qurbonov,  Abbos Rahimov bronza medalni qoʻlga kiritdi

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here