«Besh tashabbus — besh qanot» loyihasi doirasida tadbir

0
583
marta koʻrilgan.

Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Shanba MFY hududidagi 27-sonli maktabda qator tashkilotlar hamkorligida «Besh tashabbus — besh qanot» loyihasi doirasida mahalladagi aholi va yoshlarni maʼnaviy ongini yuksaltirish maqsadida mamlakatimiz  Prezidenti koʻtargan besh tashabbusning barcha muhim yoʻnalishlari boʻyicha madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda sanʼat va madaniyat sohasida mahalla aholisiga konsert dasturlari uyushtirildi. Sport yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasida mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol turlari boʻyicha bellashuv tashkil etildi. Kitobxonlik yoʻnalishida yangi asar taqdimotlari va  «Men sevgan asar» shiori ostida  tanlov, yosh xotin-qizlarni bandligini taʼminlash boʻyicha mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi. Boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirilib,  bir-necha  xotin-qiz ishga joylashtirildi.

Tadbir soʻngida faol qatnashgan yoshlarga tuman hokimligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Vobkent tuman Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.